Skip to main content
Article

ITALYAN PAREMIOLOGIYASINI LINGVISTIK JIHATDAN OʻRGANIShNING NAZARIY ASOSLARI

ABI

Abstract

Xalqning milliy qadriyatlari va madaniyatini aks ettiruvchi omillardan biri xalq og‘zaki ijodi hisoblanadi. Jahon tilshunosligida maqollarning lisoniy mavqei, shakllanish manbalari, etimologiyasini ochib berish, ularning muayyan bir xalq hayoti, dunyoqarashi, an’analari, urf-odatlari bilan bog’liqligini koʻrsatish va bu boradagi ilmiy-nazariy qarashlarni umumlashtirish masalasiga alohida diqqat qaratilmoqda. Maqolada xalq og‘zaki ijodining zamonaviy janrlaridan biri bo‘lgan maqollar tilshunoslik va xalq og‘zaki ijodida o‘rganilayotgan muhim manbalardan biri ekanligi tahlil qilinadi. Barcha xalqlarda bo‘lgani kabi italyan tilida ham xalq og‘zaki ijodining muhim janrlaridan biri sifatida maqollarni o‘rganish bugungi kunda katta ahamiyatga ega. Maqolada italyan paremiologiyasining lingvistik tadqiqi, italyan tilshunos va folklorshunos olimlarining maqol tushunchasiga bo’lgan qarashlari, maqollarning struktur tuzilishi, tematik bo'linishi mavzuga oid manbalar va adabiyotlar asosida tahlil qilindi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references