INTERTEKSTUALLIKNING YOZUVCHI IJODIDAGI O'RNI
Abstract
<strong><em>Annotatsiya. </em></strong><em>Maqolada hozirgi kundagi matnlararo munosabatning ilmiy asoslari yoritilgan. O’zbek she’riyatining vakillari ijodida tahlillar amalga oshirilgan. </em> Olimlarning ta'kidlashicha, har bir badiiy matn ilgari boshqa matnlarda ishlatilgan elementlarni o'z ichiga oladi. Muallifning niyatiga qarab matnlar boshqalarning matnlarini stilizatsiya qilish, talqin qilish, parodiya qilish kabi elementlar bilan amalga oshirilishi mumkindir. Ikki muallifning matnlari turli darajalarda bir-biriga o'zaro ta'sir qiladi. Ikki yoki undan ortiq mualliflarning matnlarining aloqasi, og'zaki iboralarni matnda aks ettirish hodisasi odatda intermatn deb ataladi. Deyarli har qanday matnni intermatn deb atash mumkin. Ushbu kontseptsiyaning klassik formulasini R.Bart bergan: «Har bir matn intermatndir; unda boshqa matnlar turli darajalarda ozmi-ko'pmi shakllarda mavjud: oldingi madaniyat matnlari eski iqtiboslardan to'qilgan yangi mato. Madaniy kodlarning parchalari, formulalari, ritmik tuzilmalari, ijtimoiy iboralarning parchalari va boshqalar - bularning barchasi matn tomonidan so'riladi va unda aralashtiriladi, chunki matn oldida va atrofida doimo til mavjud ». Ushbu intertekstuallik atamasi XX asrning 2-yarimlaridan adabiyotga kirib keldi. O’zbek adabiyoti namunalarida ham ushbu hodisa mavjuddir. Biroq, endi biz jahon adaabiyotshunosligi miqyosidagidek “muallif o’limi” ni yaratmaymiz. Aksincha, bu usulning yozuvchi ijodidagi ahamiyatini, ijodkor mahoratini ochib berishga harakat qilamiz. Matnlararo munosabat muammosi hozirgi kunga qadar dolzarb bo'lib qolmoqda, chunki barcha matnlararo materiallarni o'zlashtirishning iloji yo'q. Biz o'z ishimizni interstekstuallik hodisasini o'rganishga olib boramiz va intertekstuallikning yozuvchi ijodidagi o’rnini ko'rib chiqishga harakat qilamiz. <strong>ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR</strong> Ushbu ishda bilishning mantiqiylik, izchillik, obyektivlik usulidan foydalanilgan bo‘lib, mavzuni yoritishda tavsifiy, qiyosiy metodlardan foydalanilgan. Maqolada, bugungi kunda o’zbek she’riyatida ijod qilgan ijodkorlarning she’rlari haqida mulohazalar yuritilgan holda, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, G’afur G’ulom she’rlari badiiy jihatdan tahlilga tortilgan holda, mavzuning dolzarbligini bayon qilishda, ijodkorlarning “Tanlangan asarlari” asarlari asos sifatida olingan.
Not yet translated