Skip to main content
Article

YIRINGLI-SEPTIK KASALLIKLARNI YUZAGA KELISHIDA MIKROORGANIZMLARNING AHAMIYATI VA SEPSIS CHAQIRUVCHI STAFILOKOKKLARNING MAHALLIY SHTAMMLARINI MAVSUMIY TARQALISHINI O'RGANISH

ABI

Abstract

So’nggi yillarda yer yuzida, jumladan Respublikamizda ham organizmning holatiga manfiy ta’sir ko’rsatuvchi stafilokokklar keltirib chiqaruvchi yiringli-yallig’lanish kasalliklariga to’g’ri tashxis qo’yish, ratsional tarzda davolash va profilaktika ishlarini olib borish, dolzarb muammolardan biri bo’lmoqda. Yuqumli yiringli-yallig’lanish kasalliklari bilan aholini barcha qismi kasallandi. Bu infeksion jarayonlarni asoratlaridan sepsisni yuzaga kelishida stafilokokklarning ahamiyati katta bo’lmoqda. Ayniqsa, otorinolaringologik organlarda yuzaga keladigan patalogik jarayonlarda grammusbat kokklarni tarqalishi alohida e’tiborga loyiq va bu yo’nalishda ilmiy tadqiqotlar mavjud. Lekin mintaqa bo’yicha stafilokokklarni turli biotoplarda va mavsumiy tarqalishi hamda ba’zi antibiotiklarga nisbatan rezisteptligi to’la o’rganilmagan.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references