AMIR TEMURNING HINDISTONGA ISTILOCHILIK YURISHLARI
Abstract
Sharq va g’arb tillarida buyuk bobokalonimiz mohir sarkarda Amir Temurning faoliyatiga oid qiziqishlar XVI asrdan boshlab juda keng quloch yoya boshlaydi. Bu o’rinda tarixchi olimlar birinchi navbatda bu shaxsning davlatni boshqarishda va buyuk imperiyaga asos solishida juda ko’plab ilmiy izlanishlar olib borganlar. Aynan, Temur davlatining bu darajaga yetib ulkan davlatga aylanishida birinchi navbatda Amir Temurning mohir sarkardalik qobiliyati benihoyat kattadir. Temur o’z hukmronligi davrida kuchli qo’shin tizimini ham shakllantirishga erishgan. Shuni aytib o’tishimiz kerakki, XV asrning eng qudratli qo’shin tizimi va yuqori saviyali armiya Amir Temurga tegishli bo`lgan. Bu maqola orqali Amir Temurning harbiy salohiyati, shuningdek, uninh Hindistonga amalga oshirgan istelochilik yurishlari haqida so`z boradi. Bu yurishlarni kengroq ochib berishga harakat qilamiz!
Not yet translated