MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIDA HAR BIR YOSH GURUHIDA TEVARAK ATROFNI IDROK ETISHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Abstract
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan o‘tkazilgan tajribalardan shuni ko‘rish mumkinki, bolalar tevarak-atrofni mo‘ljal olishga o‘rganayotganlaridayoq oddiy tushunchalardan murakkabroq, tevarak-atrof tushunchalariga o‘ta boshlaydilar. Ularning nutqlaridagi “shu yerda”, “u yerda”, “mana” kabi so‘zlari (biror predmetni ko‘rsatib, aytib) “yonida”, “yaqinda”, “yonma-yon” kabi yangi terminlar bilan almashinishi buning yorqin dalili bo‘la oladi. Ularning bu terminlardan foydalana boshlashi, predmetlar oralig‘ini aniqlay bilishi boshlang‘ich bilimlarning rivojlanishidir.[1;45] Bolaning tabiatni, atrofni yanada ko‘proq o‘rganishi natijasida sekin-asta bu terminlar yana ham boyib boradi va u “oldinda”, “oldin”, “orasida”, “orqada” kabilarni tushuna boshlaydi.
Not yet translated