O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYAT VA JINOYAT PROSESSUAL QONUNCHILIGINI TAKOMILLASHTIRISH KONSEPSIYASI ASOSIDA BIR QANCHA JINOYAT SODIR ETISH INSTITUTINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
Abstract
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida keng qamrovli islohotlar amalga oshirila boshlandi. Huquqiy demokratik va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish yo’lini tanlagan mamlakatimizda qonun ustuvorligiga erishish uchun sud-huquq tizimida islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish ko’zda tutilgan. Zero, jamiyatimizning bosh maqsadi Konstitutsiya va qonunlarimizda e’tirof etilgan inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, ayrim hollarda ularni jinoiy tajovuzlardan himoya qilishdan iboratdir.<strong> </strong>So’nggi yillarda mamlakatimizda sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish choralarini kuchaytirish, odil sudlovni samarali ta’minlash hamda sudlarning chinakam mustaqilligini ta’minlash bo’yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Not yet translated