AYOLLARNING ONALIK ROLINI IFODALAB KELUVCHI O‘ZBEK XALQ MAQOLLARINING TADQIQI
Abstract
Ushbu tadqiqotda o‘zbek madaniyatida ayolning onalik o‘rni haqidagi maqollar borasida so‘z boradi. Tadqiqot doirasida ona va ayol haqidagi o‘zbek maqollarining son jihatdan juda ko‘p ekanligi aniqlandi. Ammo aniqlangan maqollarning ayrimlarigina ishimizga kiritilgan. Tadqiqotda, ayniqsa, ayollarning onalik roliga alohida e’tibor qaratildi.
 Tadqiqot asosini tashkil etuvchi ayolning “onalik” roli va boshqa ijtimoiy rollarini ifodalovchi tushunchalarni o‘z ichiga olgan maqollar manbasi sifatida “O‘zbek xalq maqollari” (Turdimov va boshqalar, 2005) lug‘atidan foydalanildi.
 Olingan maqollar o‘zbek jamiyati nuqtai nazaridan kelib chiqib baholangan. Xulosa o‘rnida o‘zbeklarda ona tushunchasining muqaddasligi ta’kidlandi. Onaning o‘rni va ayolning boshqa rollari haqidagi maqollarning o‘zbek tili nuqtai nazaridan ahamiyatini aniqlashga harakat qilindi.
Not yet translated