TARJIMON MUTAXASSISLAR TAYYORLASHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI
Abstract
Hozirgi jadal globallashuv davrida boshqa fanlar singari yuqori malakali va zamonaviy talablarga javob beradigan tarjimonlar tayyorlashning bugungi holati va istiqboli bilan bog‘liq masalalarni chuqur o‘rganish va tahlil qilishga bag‘ishlangan bir qator ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshiriloqda. Tarjima jarayonida axborot texnologiyalaridan samarali foydalangan holda tarjimani yuqori sifat va mahorat bilan amalga oshiradigan tarjimonlar tayyorlash metodikasini ishlab chiqish borasida ilmiy izlanishlarningsamaradorligini kuchaytirishmasalalariga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi tarjimonlar byurosi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 140-son qarori qabul qilinib, mazkur qarorga asosan tarjima muraxassislari tayyorlaydigan oliy ta’lim muassalariga yuqori malakali og’zaki va yozma tarjimon mutaxassislar tayyorlash vazifasi qo’yilgan.
Not yet translated