Skip to main content
Article

INGLIZ TILINI O`QITISHDA O`YINLARNING TUTGAN AHAMIYATI

ABI

Abstract

Avvalo, shuni ta`kidlab o`tishim kerakki, hozirgi zamonda ingliz tilini o`qitish O`zbekiston aholisi uchun, nafaqat, o`zbek yoshlari, qolaversa butun jahon yoshlarining diqqat markazidagi ahamiyatli zamon talablaridan bo`lib qoldi. Shu o`rinda bizning jamiyatimizning muhim qatlami hisoblanuvchi yoshlar ham bugun butun jahon hamjamiyatining talablaridan ortda qolmagan holda, bor imkoniyatlarini ishga solish bilan, dunyo bo`ylab o`z bilimlarini mustahkamlash va malakalarini oshirish uchun muhim omil hisoblanayotgan ingliz tilini o`rganish uchun bor kuchlarini sarflashmoqda desam adashmagan bo`laman.\n\n Bizning davlatimizdagi ta`lim jarayonida chet tillarini o`qitishga alohida e`tibor, aytish joiz bo`lsa, alohida moddiy mablag`larning ham ajratilayotganligini ko`rishimiz mumkin. Bunga misol qilib, O`zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son “Xorijiy tillarni o`rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida” nomli qarorini ham keltirishimiz mumkin.\n\nIngliz tili darslarini tashkil qilish jarayonlaridagi o`yinlar haqida gapiradigan bo`lsak, o`quvchilarning bilim darajasiga va talabalarning yoshlariga qarab ularni bir necha turlarga bo`lishimiz mumkin.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references