Skip to main content
Article

BUGUNGI ZAMOAVIY HAYOTDA INSON EMOTSIYASINING ROLI VA VAZIFALARI

ABI

Abstract

Ushbu tezisda Hissiy kechinmalar turli hollarda turlicha tezlik bilan paydo bo`lishi, ba`zan hissiyotlar juda to`satdan, darhol paydo bo`liahi haqida fikr bildirilgan. Masalan, kishi birdan xursand bo`lib ketadi, darhol g`azabga keladi, achchiqlanadi va hokazo. Lekin ba`zan shu hissiyotlarning o`zi daf`atan qo`zg`almaydi, balki asta-sekin tug`ila boshlaydi. Shunday hissiy kechinmalar borki, ularning qay darajada tez paydo bo`lmasligini belgilash qiyin yoki butunlay belgilab bo`lmaydi. emotsional kechinmalarning kuchi turlicha bo`lishi mumkin. Hissiyotning kuchi avvalo yoqimli va yoqimsiz tuyg`ularning naqadar kuchli bo`lishidadir. Hissiyotning kuchi shu hissiyotni shaxsning naqadar ehtiros bilan kechirayotganligi bilan belgilanadi. Hissiyotning qo`zg`alish xususiyatlari paydo bo`lish yo`lini, kuchi va barqarorligi bir qancha sabablarga bog`liqdir. Atrof muhitning holati, shu paytdagi ehtiyojlarning kuchi, shu xislat tuzilishiga sabab bo`lgan hodisalarning shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatini anglashi, odamning dunyoqarashi, bu xislat qanday vaziyatda paydo bo`lishi va o`tishi, hamda shaxsning individual xususiyatlariga bog`liqdir. Hislarning ayni vaqtda naqadar tez, kuchli va barqaror bo`lishiga ko`ra, his-tuyg`ularning quyidagi turlari farqlanadi: hissiy ton, emotsiyalar, affekt, jiddiylik holatlari (stress) , kayfiyat va boshqalar.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references