Skip to main content
Article

QADIMGI DUNYODA JISMONIY TARBIYA

ABI

Abstract

<strong>Annontatsiya: </strong>Markaziy Osiyoda o‘rta asrlar davrida jismoniy tarbiyaning rivojlanish xususiyatlari. Sharqning buyuk alloma va mutafakkirlarining jismoniy tarbiya to‘g‘risidagi fikrlari. Abu Ali ibn Sino jismoniy tarbiya to‘g‘risida, Amir Temurning harbiy-jismoniy ta’limoti. O’zbekistonning mustaqillikka erishgan dastlabki kunlaridanoq mamlakat tarixini qayta yoritish va barcha voqeliklarni ochiq-oydin ko’rsatish vazifa qilib qo’yildi. Ma’lumki, Vatanimiz jahon madaniyatiga beqiyos hissa qo’shgan ulug’ allomalar, buyuk olimlar, mohir sarkarda va davlat arboblari bilan mashhurdir. Milliy madaniyat taraqqiyotida O’zbekiston dunyo davlatlari, Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida o’ziga xos xususiyatlari, o’zining geografik va tabiiy qulayliklariga ko’ra qadimdan insoniyat tarixining ilg’or madaniy markazlaridan joy olib kelgan. VII asr boshlarida Arab xalifaligi tashkil topib, unung tarkibiga butun Arabiston yarim oroli, Eron, Kavkaz orti, Suriya, Shimoliy Afrika, Janubiy Ispaniya kiritilgan. VII asr o’rtalariga kelib esa arab bosqinchilari tomonidan Markaziy Osiyo yerlari ham zabt etilgan edi. Arablarga qarshi mahalliy xalqlar uzoq yillar davomida urush olib borganlar. Lekin arablar bu yerlarni to’la istilo qilib, o’z dini va madaniyatini o’rnatish, Markaziy Osiyo xalqlarini Islom diniga bo’ysunishiga erishdilar.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references