Skip to main content
Article

O`QISH DARSLARIDA PIRLS XALQARO BAHOLASH TADQIQOTIGA OID TOPSHIRIQLARNING AHAMIYATI

ABI

Abstract

<strong> Annotatsiya.</strong> Mazkur maqolada boshlang`ich sinflarda PIRLS xalqaro baholash tadqiqoti tayyorlash borasidagi topshiriqlarning ahamiyati va unga asosan 4-sinf o`qish darslarida qo`llash imkonini beruvchi topshiriq namunalari keltirilgan. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son Farmoniga ko`ra “O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish kontsepsiyasi”da xalq ta’limi tizimida o`quvchilarning bilim darajasini baholashda ta’lim sifatini baholash bo`yicha xalqaro dasturlar va izlanishlar (PISA, TIMSS, PIRLS va boshqalar)da O`zbekiston Respublikasining doimiy ishtiroki ta’minlanishi ta’kidlab o`tilgan. Shunga ko`ra PIRLS tadqiqotlari doirasida turli ta'lim tizimiga ega bo`lgan davlatlarning 4-sinf bituvchilarining o`qish sifati va o`qilgan matnni tushunish darajasi o`rganiladi. Bu tadqiqotlarga 4-sinf o`quvchilarining tanlanishi shu bilan e'tiborliki, aynan o`qishning to`rtinchi yilida o`quvchilar o`qishning yuqori darajasiga ega bo`lishi, ularning keyingi ta'limda bilimni egallash qobiliyatini shakllantirish va shu orqali hozirgi zamonga muvaffaqiyatli moslashuviga yordam beradi. Bunga tayyorlash jarayonida o`qish darslari muhim o`rin tutadi. Buning uchun o`quvchilarda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalash, ularni oddiy kitobxondan ijodkor kitobxon darajasiga ko`tarish talab etiladi. Bolalarda kitob ustida ishlash malakasini shakllantirish ularda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalashning muhim omilidir. Quyida 4-sinf O`qish darsligidan “Yaxshi niyat” hikoyasi asosida tuzilgan topshiriqlar namunasini keltiramiz:

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references