SOMATIK FRAZEOLOGIZMLARGA XOS PSIXOFIZIOLOGIK FAKTORLAR EMOTIV TASVIR OBYEKTLARI SIFATIDA (fransuz tili materialida)
Abstract
Mazkur maqolada inson nutqiy faoliyatining barcha jabhalariga singib ketgan emotsionallik xususida fikr yuritilgan boʻlib, tildagi emotiv tushunchaning frazeologiyada aks etish usullaridan biri hisoblangan somatik frazeologizmlarning psixolingvistik va psixofiziologik tahliliga e’tibor qaratiladi. Xususan, somatizmlarning emotiv frazeologik birliklar tarkibida oʻziga xos tarzda turli emotsional holatlar lokalizatori sifatida mustahkamlanishi, shuningdek, somatizmlar emotiv semantikasining koʻlami va iboralarda qoʻllanilish xususiyatlari psixologik, fiziologik va lingvistik nuqtai nazardan tavsiflanadi. Somatizmlarning frazeologiyadagi salbiy va ijobiy emotsional his-tuygʻularni ifodalashdagi universallik xususiyati hamda ularning otli, fe’lli va sifatli komponentlar bilan birikish holatlarini oʻrganish orqali salbiy tushunchalarning asosan bosh va undagi tana a’zolari (koʻz, peshona, burun, quloq, ogʻiz kabilar) yordamida, ijobiy tushunchalar esa ichki tana a’zolari yordamida ifodalanishi tahlil qilingan.
Not yet translated