Skip to main content
Article

O’zbekistonda islom moliyasini rivojlantirish masalalari

ABI

Abstract

Islomiy moliya tarmog’i bugungi kunda jahonda jadal rivojlanib borayotgan va innovatsion moliyalashtirish mexanizmlarini o’zida jamlagan sohalardan biri hisoblanadi. Aholisining asosiy qismi musulmonlardan iborat bo’lgan davlatlar uchun ushbu tarmoqni rivojlantirish, ayniqsa, dolzarb hisoblanadi. Shunday ekan, musulmon davlatlaridagi faoliyati islomiy moliyalashtirishga asoslangan mavjud banklar, investitsiya fondlari va kompaniyalar mablag’larini O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va xususiy sektorni qo’llab-quvvatlash maqsadida jalb etish ayni muddaodir. Buning uchun albatta milliy bank tizimiga yangicha yondashuv bilan nazar solmoq lozim, ya’ni an’anaviy moliyalashtirish mexanizmlari bilan bir qatorda sherikchilikka asoslangan moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etish masalasi tadqiq etilishi muhim va dolzarb hisoblanadi.

Not yet translated

Topics

Citations and references

Cited by 00 references