"TARIX FANINI O'QITISHDA INNOVATSION METODLARDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI"
Abstract
<strong><em>Annotatsiya:</em></strong> Oliy ta’lim muassasalarida tarix fanlarini o‘qitish uzoq tarixga borib taqaladi. Tarix fanlarining oliy ta’lim muassasalarida talabalarga o‘qitilishi uzoq tarixga borib taqaladi. Dunyoning barcha davlatlarida o‘rta maxsus ta’lim muassasalaridan keyin ham xar bir davlat oliy ta’lim muassasalarida o‘z yurti tarixini fan sifatida o‘rganish davlat fuqarolarini siyosiy, ma’naviy, iqtisodiy va marifiy dunyoqarashini shakllantirishning eng asosiy tayanchi bo‘lib xizmat qiladi. Maqola oliy ta’lim muassasalarida tarix fanlarini o‘qitilishining ahamiyati va zamonaviy pedagogik metodlardan foydalanish masalalariga bag‘ishlangan. Maqoladan ko’zlangan maqsad oliy ta’lim muassasalarida rivojlanib borayotgan dunyo talablariga javob beradigan darajada tarix fanlarini o'qitishning zamonaviy pedagogik metodlardan foydalanishga doir muammolarning yechimlari ilmiy asosda qayd etilgan. Oliy ta’lim muassasalarida ijtimoiy-gumanitar fanlar orasida qanday mutaxassis yo‘nalishida tahsil olishidan qa’tiy nazar talabaning yetuk shaxs va faol dunyoqarashga ega fuqaro bo’lib yetishishida, fikrlashning to‘g‘ri shakllanishida tarix fanlari aloxida rol o'ynaydi. Bu masalaga prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan ham aloxida ahamiyat berilmoqda. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 iyun kuni «O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Ushbu qaror «O‘zbekiston milliy davlatchiligining vujudga kelishi va taraqqiy topishining eng yangi tarixini tadqiq etish va o‘qitish, ilmiy, ilmiy-ommabop, o‘quv-metodik, ma'rifiy adabiyotlarni tayyorlash va chop etish, ilm-fanning ta'lim va boshqa ijtimoiy sohalar bilan integratsiyasi mexanizmlarini mustahkamlash va rivojlantirish borasida ilmiy, madaniy, ta'lim, jamoat muassasalari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarining samaradorligini oshirish, yoshlarda, avvalambor umumta'lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar o‘quvchilarida, oliy o‘quv muassasalari talabalarida mamlakat tarixi haqidagi chuqur bilimlarni shakllantirish maqsadida» qabul qilingan. Aynan shu qaror samarasi sifatida “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini bakalavr yo‘nalishlarga fan sifatida o‘tilishini ta’minlash maqsadida darsliklar ishlab chiqilmoqda. So‘nggi yillarda oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini yaxshilash va rivojlantirish maqsadida talabalarning mutaxassis fanlariga berilayotgan e’tiborning kuchayishi ortidan tarix fanlari nomutaxassis fanlar qatorida soat hajmi jihatidan qisqarib boryotgani o‘qituvchi-pedagog tomonidan fanning to‘liq mazmunini yoritib berish va talab darajasida bilimlarni yetkazib berish uchun yangi va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish zamon talabiga aylanib bormoqda. Shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda talabalarni faqat tayyor bilimlarni egalashga orgatib kelingandi. Bunday usul talaba (yoki o`quvchi) larda mustaqil fikrlash, ijodiy izlanish, tashabbuskorlikni so`ndirar edi. Endi o`quv jarayonini yangilangan dastur va standart talablariga javob beradigan zamonaviy darslar asosida tashkil etish davri keldi. Boshqacha qilib aytganda zerikarli darslar o`rniga zamonaviy darslarni tashkil etishga ma’suliyat bilan yondashadigan, kasbiy bilimdon, metodik mahoratga ega, ma’suliyatli, interfaol pedagogik texnologiyani mukammal o`zlashtirib olgan, innovatsiyalar asosida ta’limni tashkil eta oladigan o`qituvchilarga talab oshib bormoqda. Shuning uchun ham, ta’lim muassasalarining oquv tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o`qitish uslublari-interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning o`rni va ahamiyati beqiyosdir. Pedagogik texnologiya va ularni ta’limda qo`llanishiga oid bilimlar, tajriba talabalarni bilimli va yetuk malakaga ega bo`lishlarini ta’minlaydi. Oliy ta’lim tizimida tarix fanlarini o‘qitish deganda, tarixiy material vositasida talabalarga bilim berish, ularni milliy istiqlol ruhida tarbiyalash, vatanga muhabbatva kamol toptirish vazifalarini amalga oshirish zarur bo’lgan jarayon, o’qituvchi va o’quvchilarning aqliy (ichki) hamda o’quv harakatlari (tashqi) jarayoni tushuniladi. Tarix fanini nafaqat mutaxassis tarix yo‘nalishi bakalavriati talabalariga balki, boshqa nomutaxassis bakalavriat yo‘nalishlarga o‘tilishi qanchalik ahamiyatli? Oxirgi yillarda O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim soxasini rivojlantirish yo‘lida olib borilayotgan islohotlar natijasida ko‘plab nomutaxassis fanlar olib tashlanmoqda, lekin aynan tarix fani oliy ta’limda nomutaxassis bakalavriat o‘quv rejalarida saqlab kelinmoqda. Bu holat faqatgina bizning yurtimizdagi jarayon emas, balki juda ko‘plab rivojlangan davlatlarda tarix fani majburiy fanlar ro‘yxatida turadi. Tarix fanini nomutaxassis majburiy fanlar ro‘yxatidan joy olishi XIX asrga borib taqaladi. Aynan shu asrga kelib, tarix fani vujudga kelgan majburiy va zamonaviy o'quv muassasalarining asosiy yo'nalishlaridan biri sifatida namoyon bo'la boshlagan. Dastlab Yevropa davlatlari oliy ta’lim tizimida asosan “milliy o'ziga xoslikni rivojlantirish va itoatkor inson tarbiyalash maqsadi”da o‘qitilgan.
Not yet translated