XOM – ASHYOLARDAN TAYYORLANGAN ADSORBENTLAR KOMPOZITSIYASIDA PARAFINNI TOZALASH TEXNOLOGIYASINI ISHLAB CHIQISH
Abstract
Ushbu maqolada mahalliy xom – ashyolardan tayyorlangan adsorbentlar kompozitsiyasida parafinni tozalash texnologiyasini ishlab chiqish, adsorbentlar turlari haqida yoritilgan. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligidan so‘ng hukumatimiz tomonidan neft va gaz sanoati rivojlanishiga yanada e’tibor berila boshlandi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida respublikamizda uning oldini olish va bartaraf etishning asosiy tadbirlaridan biri xalq xo‘jaligining alohida tarmoqlarini rivojlantirish, ularni yangi texnika va texnologiyalar bilan jihozlash, ishlab chiqarishda qo‘llanilayotgan qurilmalarni modernizatsiya qilish, sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.
Not yet translated