NOMINATSIYANING TILDA IFODALANISHI
Abstract
Ikkilamchi nominatsiyaning tarkibi semantik tarkib jihatdan ham turlicha bo’ladi. Ikkilamchi nominatsiyalar atamalarga, sanʼat sohasiga oid leksik birliklarga, jargon, ekzotizm, kabilarga bo’linadi. Atama nominatsiyalar quyidagilarni o’z ichiga oladi: shot, cutter (muharrir), celluloid (kinotasma, kinofilm), musiqiy atama score (partitura) birgalikda yangi “kinofilmlarning musiqasi” deyilgan nom hosil bo’ladi.\n\nSanat sohasiga oid bo’lgan hit, blockbuster, flop kabi atamalar ikkilamchi nominatsiya hisoblanib, flop ikkilamchi nominatsiyasi muvaffaqiyatsiz olingan kinoni anglatadi. Action leksemasi o’z va ko’chma ma’noda kelganda turli tushunchalarni anglatadi. Ushbu leksema o’z ma’nosida kinodagi harakat ma’nosini anglatsa, ko’chma ma’noda kelganida action-ghost movie — (боевик) jangari film ma’nosida keladi. Yuqorida keltirilgan blockbuster nominatsiyasining lug’aviy ma’nosi juda ham katta portlovchi bo’lgan kuchga ega bomba bo’lsa ikkinchi ma’nosi judayam yuqori sifatga ega bo’lgan kinofilm hisoblanib, superfilm asosiy tushunchaga aylangan. Bundan farqli ravishda turkey nominatsiyasi kinomatagrafiyada muvaffaqiyatsiz bo’lgan film ma’nosini shakllantiradi. Phantasy (fantaziya), battle (bahs, jang), adventure (sarguzasht) kabi ikkilamchi nominatsiyalar keng miqyosda ishlatiluvchi lug’at sohasiga tegishli. Kinomatografik matnlarda konnotativ ma’nolar yangilanishi, ikkinchi darajali nominatsiyalar yaratilishi ko’p uchraydi.
Not yet translated