NEMIS VA OʻZBEK FRAZEOLOGIZMLARIDA HAYVON NOMLARINING QOʻLLANILISHI
Abstract
Ushbu tadqiqot ishimizning obyekti sifatida zamonaviy nemis va oʻzbek tillaridagi tarkibida hayvon nomlari mavjud boʻlgan frazeologik birliklar, idiomalar tanlangan. Tadqiqot ishimizda hayvon nomlarini ifodalovchi leksik birliklarning (soʻzlarning) struktur jihatdan frazeologik birliklar (FB) tuzilishida nechogʻlik darajada majoziy ma’noga ega boʻlishi tahlil qilinadi. Ishda qardosh boʻlmagan ikki til FBlarni qiyosiy tahlil qilish va ular oʻrtasidagi farq va oʻxshashliklarni aniqlash hamda tavsiflash maqsad qilib qoʻyilgan. Nemis tili frazeologik birliklari koʻp hollarda tillararo taqqoslash obyekti, ilmiy muhokama mavzusi boʻlgan. Ammo buni nemis-oʻzbek tillari tahliliga nisbatan qoʻllab boʻlmaydi. Shu bois nemis va oʻzbek tili frazeologiyasida hayvon nomlari ramziyligidagi ba’zi oʻxshashlik va farqlar tipik misollar orqali koʻrsatilib, nemis va oʻzbek tillaridagi hayvon nomlari qoʻllanilgan Fblarning ekvivalentlik munosabatlari aniqlangan.
Not yet translated