Skip to main content
Article

TAKSIS LINGVISTIK HODISA SIFATIDA

Sapayeva B.R.UrDU o`qituvchisiSaparbayeva G.M.UrDUdotsenti. PhD
ABI

Abstract

Ushbu maqolada murakkab sintaktik konstruksiyalardagi taksis munosabatlarga berilgan ta’riflar va uning tasnifi haqidagi tilshunos olimlarning lingvistik nazariyalari muhokama qilingan. Shuningdek, ingliz tilidagi murakkab qo`shma gaplarda taksis kategoriyasining parataksis hamda gipotaksis munosabatlari, ular bajaradigan mantiqiy-semantik vazifalar, jumladan, ma’no kengaytiruvchi(expansion), izohlovchi(elaboration), kuchaytirish(enhancement) va tahmin qilish(projection), g`oyaviy(idea) hamda xabar beruvchi(locution) ma’nolarni ifodalash kabi funksional-semantik masalalari borasida fikr yuritiladi. O`z navbatida, mualliflar ergashgan qo`shma gaplardagi mantiqiy-semantik bog`liqlik borasida to`xtalib, ushbu munosabatdagi tobe va erkin munosabatlarining asosiy xususiyati sifatida, murakkab konstruksiyada mantiqiy ma’noni ifodalashiga ko`ra bosh yoki ergash gap maqomiga ega bo`lishi ta’kidlab o`tiladi. Maqola tilshunoslikda muammo sifatida qaralgan taksis kategoriyasining funksional-grammatik yoki funksional-semantik kategoriya deb e’tirof etilgan bahs munozarali mavzuga pragmatik yondashib o`z xulosalarini birdirgan.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references