Skip to main content
Article

KOREYS VA O'ZBEK TILLARIDA SO'Z YASALISHI

ABI

Abstract

“So‘z yasalish” tilshunoslikning alohida sohasi sifatida, so‘z yasash va u bilan bog‘liq birliklar, hodisalar haqidagi, umuman aytganda, so‘z yasalishi tizimi haqidagi ta'limotdir. “So‘z yasash” termini til birliklari yordamida malum usul bilan so‘z hosil qilishni bildirar ekan, birinchi galda, ana shu masadaga - so‘z yasash usuli masalasiga to‘xtashga to‘g‘ri keladi.( A.Hojiyev:2007:6)\n\nSo‘z yasalishi - sof nutqiy hodisa, nutqiy jarayon. U derivatsiyaning asosiy qismini tashkil etadi. Biroq uning lisoniy asosi bor. Shu sababli lison va nutqqa birday daxldor. (R.Sayfullayeva, B.Mengliyev, G.Boqiyeva:2010:135). So‘z yasalishi lingvistik termin sifatida ikki ma’noli: a) so‘z yasash jarayoni atamasi; b) ushbu jarayonni o‘rganuvchi soha. So‘z yasash deganda qanday usul bilan bo‘lsa-da, yangi so‘z hosil qilish tushunilavermaydi. Masalan, so‘z yangi ma’no kasb etishi natijasida yangi so‘z paydo bo‘lishi mumkin. Deylik, ishbilarmon so‘zi yangi ma’no kasb etdi. Biroq bu yerda yangi so‘z yasalishi yo‘q. Demak, so‘z yasalishi, yasama va yangi ma’no kasb etgan so‘zlarning leksemalashuvi hodisasini farqlash lozim.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references