OʻZBEK TILINI IKKINCHI CHET TILI SIFATIDA OʻRGANISH JARAYONIDA MASHQLAR TIZIMI
Abstract
Maqolada oʻzbek tilining ikkinchi chet tili sifatida oʻqitilishi jarayonida mashqlar tizimi bilan ishlash, amaliy mashgʻulotlarni olib borish davomida oʻquv jarayonini qiziqarli va mazmunli tashkil etish zaruriyati, hozirgi davr oʻqitish metodikasi talablaridan kelib chiqqan holda, mashqlar tizimini takomillashtirish masalalari tahlil qilinadi. Chet tilini, jumladan, ikkinchi chet tilini oʻqitish metodikasi boʻyicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar yuzasidan olimlarning mashqlar tizimi bilan ishlashga doir fikrlari, takliflari tahlil qilinadi, ular tomonidan tavsiya qilinadigan tilga doir bilimlarni va talabaning til tayyorgarligini mustahkamlovchi, fonetik, leksik va grammatik, nutqiy, kommunikativ va ijodiy mashqlar, shartli-nutqiy tizimi haqida, ularning foydali jihatlari, oʻquv jarayonini boyitishi haqida izohlar beriladi. Mashqlar tizimi bilan ishlashda kompetensiyali yondashuvning samaradorligi alohida ajratib koʻrsatiladi. Muallif tomonidan mashqlar tizimi uchun qoʻyiladigan talablar mezonlar sifatida belgilanadi. Har bir mashqlar toʻplamlarini tuzib chiqish uchun hisobga olinishi zarur boʻlgan jihatlar koʻrsatib beriladi. Maqolada har bir guruh mashqlaridan namunalar beriladi. Nutqiy faoliyatni shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi bir qator mashqlar tavsiya qilinadi. Ya’ni nutqiy va kommunikativ mashqlar sifatida nutqiy faoliyatning barcha turlariga oid mashqlar bilan koʻproq ishlash tavsiya etiladi. Tinglab tushunish, oʻqish, gapirish va yozuvga doir mashqlarning dolzarb ekanligi koʻrsatib beriladi. Shuningdek, maqolada talabalarni tarjima faoliyatiga oʻrgatuvchi mashqlarning nutq faoliyatini oʻstirishda muhim ekanligi bayon qilinadi, bu guruh mashqlari bilan ishlash davomida talabalarning ijodkorligini oʻstiruvchi bir necha topshiriqlar berish zarurligi haqida batafsil ma’lumotlar va tavsiyalar beriladi.
Not yet translated