QAL`AJIQ QAL`A
Abstract
Qadimgi Xorazmning tarixi arxeologik va yozma manbalar asosida o‘rganilgan. Qadimgi Xorazm to‘g‘risidagi ma’lumotlar Avestoda, Behustun, Persopol yodgorliklarida, Gerodot, Arrian, Kvint Kursiy Ruf asarlarida saqlanib qolgan. Qadimgi Xorazm davlati tarixini arxeologik jihatdan o‘rganish XX asrning 30 -yillaridan boshlangan. Bunda Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasining o‘rni kattadir. Xorazm tarixini o‘rganishda S.P.Tolstov, M.G.Vorobva, B. Andrianov, O.Vishnevskayalar katta hissa qo‘shganlar. Bugungi kunda esa Ya.Yagodin, M.Mambetullaev, Xodjaniyozov,S.Bolelov, S.Baratovlarning xizmatlari katta bo‘lmoqda. Qadimgi Xorazm davlati tarixini yoritishda XX asr oxiri- XXI asr boshlari alohida ahamiyat kasb etadi. Xuddi shu davrda Xorazm davlati tarixiga oid bir qator yangiliklar qo‘lga kiritildi.
Not yet translated