Skip to main content
Article

"MUHOKAMAT UL-LUG'ATAYN"DA "XAMSA" DOSTONLARI BILAN BOG'LIQ TALQINLAR ("LAYLI VA MAJNUN" ASOSIDA)

ABI

Abstract

Mazkur maqolada Alisher Navoiy ijodini uning o‘z talqinlari yordamida o‘rganish prinsipi asosida shoir “Xamsa”si tarkibiga kiruvchi dostonlarning manbalari tadqiq obyektiga tortilgan. Mutafakkir adibning “Muhokamat ul-lug‘atayn”da o‘z asarlarining yaratilishi haqidagi fikrlari “Xamsa” dostonlarining g‘oyaviy mundarijasi bilan bog‘liq holda qiyosiy yo‘nalishda o‘rganilgan. “Layli va Majnun” bilan bog‘liq o‘rinda forsiy ijodkor Xoju Kirmoniy “Gavharnoma”sining tilga olinish sabablari tadqiq qilingan. Maqola muallifi Xoju Kirmoniyning “Gavharnoma” dostoni nasabnoma yo‘nalishida bo‘lib, g‘oyaviy yo‘nalishi, kompozitsion qurilishi va tanlangan she'riy o‘lchovi nuqtai nazaridan “Layli va Majnun” yo‘nalishiga mos emasligiga diqqat qaratadi va Navoiyning bu o‘rinda “Gavharnoma”ni tilga olishi Xojuning Nizomiy va Dehlaviydan keyingi uchinchi xamsanavis ekanligi, xamsanavislikda yangicha yo‘nalishni boshlab berganligi va dostondagi poetik masalalarda unga ergashganligi bilan bog‘liq, degan xulosaga keladi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references