Skip to main content
Article

MAKTAB ADABIY TA'LIMIDA MUHAMMAD YUSUF HAYOTI VA IJODINI O'RGATISHNING SAMARALI YO'LLARI

ABI

Abstract

ANNOTATSIYA\n\nUshbu maqolada maktab adabiy ta’limida xalq shoiri Muhammad Yusuf hayoti va ijodini o‘rgatish masalalari yoritilgan bo‘lib, shoir hayoti va ijodini o‘rganishga bag‘ishlangan dars mashg‘ulotlarini samarali tashkil etishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalaridan hamda interfaol pedagogik texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Ta’lim va tarbiyaning sifat va samaradorligi juda ko‘p omillarga bog‘liq bo‘lganligi uchun ham bu borada yagona va eng mukammal tavsiya yoki yo‘l-yo‘riq berib bo‘lmaydi. Hattoki, zamonaviy-pedagogik yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan ham foydalana bilishning o‘ziga xos va o‘ziga mos mezonlari mavjudligini unutmaslik kerak. Har bir pedagog dars jarayonini tashkil etishda o‘zining ilmiy salohiyati hamda pedagogik mahoratidan kelib chiqib yondashadi. Ammo, bu jarayonni tashkil etishda o‘qitishning ming yillik an’ana va tajribalari, to‘plangan ulkan tajribaviy zaxirasini ham inkor etmaslik lozim.\n\n Kalit so‘zlar: davlat ta’lim standartlari (DTS), o‘quv dasturi, adabiy ta’lim, pedagogik mahorat, zamonaviy axborot kommunikatsiya vositalari, badiiy tahlil, interfaol metodlar.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references