YEVROPA ITTIFOQIDA "YASHIL IQTISODIYOT"NI DAVLAT TOMONIDAN QO`LLAB-QUVVATLASH MEXANIZMI
Abstract
Barqaror iqtisodiy o`sishga erishishda, iqtisodiyotda modernizatsiyalash jarayoni va tarkibiy o`zgarishlarni amalga oshirishda, “Yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirishda energetika tarmog‘ida resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi. Energetika tarmog‘ida resurslar samaradorligiga erishish talabning o‘zgarishiga va yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga xizmat qiladi. «Yashil energetika»ga o‘tish, innovatsion uskuna va texnologiyalarga talabni rag‘batlantiradi. Bu esa milliy iqtisodiyotga «Yashil» tamoyillarni tatbiq etish uchun muhim hisoblanadi. Yoqilg‘i-energetika resurslarining yetishmovchiligi va ularga bo‘lgan narxlarning o‘zgaruvchanligi sharoitida, dunyo aholisining hamda iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida energetika resurslaridan oqilona foydalanish, shuningdek, an’anaviy energiya manbalaridan muqobil energiya manbalariga o‘tishga qaratilgan chora-tadbirlar barcha mamlakatlarda izchil amalga oshirilmoqda. Yangi «Yashil» me’yor va standartlarga o‘tilishi iste’molchilarni iqtisodiy madaniyati va moliyaviy savodxonligini oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, yuqori energiya samaradorligiga ega bo‘lgan tovarlarga talabning ortishiga sabab bo‘ladi hamda talab va taklif tarkibida o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga olib keladi.
Not yet translated