Skip to main content
Article

AFROSIYOB TARIXIY YODGORLIGIDA TARQALGAN SHIFOBAXSH O'SIMLIKLARNING TIBBIYOTDAGI AHAMIYATLI QO'LLANILISHI

ABI

Abstract

Samarqand bu nafaqat o’z tarixiy ahamiyati balki, ekoturistik salohiyati bilan ham alohida ahamiyatga ega shahardir. So’nggi yillarda Respublikamiz viloyatlarida keng ko’lamli turli sohalarda ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Pirovardida, hududlarning iqtisodiy imkoniyatlari, ijtimoiy-demografik xususiyatlari, o’ziga xos flora va fauna tarkibi chuqur o’rganilmoqda. Bu borada yosh olimlarning olib borayotgan izlanishlari beqiyosdir. Samarqand shahrida Respublika yosh olimlarining bir hafta davomida olib borgan izlanishlari turli yo’nalish vakillari tomonidan olib borildi. Jumladan, hududning florasi o’rganildi. Samarqand shahrining qoq markazida, dengiz sathidan 700 m balandlikda Afrosiyob yodgorligi joylashgan bo’lib, yodgorlik yaqinidan Siyob kanali oqib o’tgan. Bu esa shu yerda yashagan aholi uchun qadimdan suv manbai bo’lib kelgan, hudud florasini shakllantirishda alohida o’rin tutgan. Yodgorlik hududida ikki urug’pallali o’simliklarning (magnoliophyta) 44 turkumga mansub 46 tur uchrashi aniqlandi. Yetakchi turkumlar: yantoq (alhagi), pechak (convolvulus), eshakmiya (goebelia), karrak (cousinia), isiriq (peganum) kabilardan iborat. Ta’kidlash joizki, o’simliklarning 12 turi dorivor o’simliklar, 5 turi manzarali o’simliklar 12 turi asal shirali, 2 turi parazit hamda qolgan turlar begona o’tlardan iborat. O’simliklar ayni paytda zaharli bo’lib, bir paytning o’zida dorivor hamdir.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references