Skip to main content
Article

AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASHNING XALQARO HUQUQ JIHATLARI

ABI

Abstract

Bugun insoniyat yangi tahdidlar oldida turibdi. Yer shari aholisi ko‘payishda davom etyapti, axborot texnologiyalari ham ravishda rivojlanib bormoqda. Tarixda, xattoki, tasavvur qilish murakkab bo’lgan ko’plab narsalarni biz bugungi kunda o’z kundalik hayotimizda uchratib, undan foydalanmoqdamiz. Axborot texnologiyalari rivojlangani sari axborot xavfsizligi asosiy masalalardan biriga aylanib qolishi bor gap. Zamonaviy dunyoda axborot xavfsizligi eng birinchi o’rinda e’tibor qaratilishi kerak bo’lgan jihatlardan biri hisoblanadi. Biz, oilamiz yoki faoliyatimizga aloqador har qanday shaxsiy ma’lumot bugungi kunda g’araz niyatli kishilar qo’liga tushsa juda kuchli qurolga aylanishi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlar va televideniyada internet orqali shaxsiy ma’lumotlarning tarqalishiga yoki o’g’irlanishiga bog’liq jinoyatlar ko’p yoritilmoqda.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references