XALQARO TOVARLAR OLDI-SOTDI SHARTNOMALARIDA INCOTERMSNING QO'LLANILISHI
Abstract
Xalqaro tijorat shartnomasining har qanday shaklini amalga oshirishdan oldin eksport qiluvchi va import qiluvchining javobgarligini tartibga soluvchi qoidalarni bilish zarur. Bu kelajakda qo'shimcha xarajatlar yoki huquqiy muammolarni keltirib chiqaradigan xatolarni oldini olishga yordam beradi. Eng dolzarb masalalardan biri bu Incoterms - shartnomada ishtirok etgan tomonlar o'rtasida qo'llaniladigan aniq atamalar. Incoterms faqat tovarlar oldi-sotdi shartnoma taraflarning huquqlari va majburiyatlari bilan bog'liq masalalar uchun amal qiladi, va faqat sotilgan tovarlarni yetkazib berish bilan bog'liq (Incoterms so'nggi tahrirda bayon qilinishicha, qoidalar "nomoddiy tovarlar"ni sotib olish va sotish uchun amal qilmaydi). Savdo shartnomasining aksariyat qoidalari Incoterms qoidalarini tartibga solish vositasi emas. Xususan, ularda shartnoma shartlari va tomonlarning javobgarligi buzilgan holatda yuzaga keladigan nizolarni hal qilish masalalari ko'rib chiqilmaydi.
Not yet translated