Skip to main content
Article

"Lison ut-tayr"da tush motivi

Odiljon Rahmatulloevich AvaznazarovQarshi davlat universiteti
ABI

Abstract

Alisher Navoiy ijodida tush motivi alohida\nahamiyatga ega hodisadir. Uning deyarli barcha\nasarlarida, ayniqsa, “Xamsa”da qahramonlarning\nichki kechinmalari, ruhiyat manzaralari tasvirlashda\ntush motivining muhim o‘rni bor. Xususan,\n“Lison ut-tayr” dostonining yetakchi g‘oyalarini\nchuqurroq anglashda Shayx San’on va Tarso\nmalika bilan bog‘liq tush epizodlari ahamiyat\nkasb etadi. Bu xususida tadqiqotchi olimlardan\nbiri F.Isomiddinov ham o‘zining “Shayx San’on\nhaqidagi qissalarning qiyosiy tahlili” nomli\nnomzodlik ishida Attor hamda Navoiy ijodida \n\ntushlar muhim o‘rin tutganini ta’kidlaydi. “Lison\nut-tayr”ning uchta bobidagi hikoyatlarda tushlar\nsyujet halqalarining ma’lum bir qismiga taalluqli\nhisoblanib, o‘zlari qatnashgan hikoyatlarni shakllantirishga,\ng‘oyaviy-badiiy quvvatini yuksaltirishga\nxizmat qiladi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references