COVID-19 SARS-CoV-2 infeksiyasi bilan og'rigan bemorlarda gemostaz tizimining o'zgarish xususiyatlari
Abstract
Annotatsiya. Koronavirus infeksiyasi (COVID-19), SARS-CoV-2 virusi keltirib chiqaradigan o'tkir yuqumli kasallik hisoblanib, gemostaz tizimining faollashishi bilan tavsiflanadi. Buning natijasida esa og'ir holatlar ya`ni koagulopatiya rivojlanishi mumkin. COVID-19 ushbu holatning bevosita sababimi yoki ular yuqumli jarayonning rivojlanishi bilan yuzaga keladimi, hozircha bu noaniqligicha qolmoqda. COVID-19 kasalligida simptomsiz va klinik jihatdan aniq bo'lgan trombotik, tromboembolik asoratlarning uchrash chastotasi noaniq bo'lib qolmoqda. Bu holat ko'p jihatdan tashxislashdagi qiyinchiliklar bilan bog'liq. Biroq, ba'zi ma'lumotlarga ko'ra, COVID19 bilan og'rigan bemorlarda venoz va arterial trombozning chastotasi ancha yuqori. Ushbu holatda, kasallik kechishining o`ziga xos xususiyatlari, uni keltirib chiqaradigan omillarni izlash va ularni o`rganish nuqtai nazaridan qiziqish uyg`otdi va ko`plab munazaralarga sabab bo`ldi.
Not yet translated