Skip to main content
Article

YОSHLАRDА MAFKURAVIY IMMUNITETNING SHAKLLANISHINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MUAMMOLARI

ABI

Abstract

Mafkuraviy immunitet - shaxs, ijtimoiy guruh, millat, jamiyatni turli zararli g‘oyaviy ta’sirlardan himoya qilishga xizmat qiladigan g‘oyaviy-nazariy qarashlar va qadriyatlar tizimi. Yuqoridagidan farqli o‘laroq insonning umumiy immunitet tizimi tug‘ma bo‘lsa, mafkuraviy immunitetni shakllantirib borish zarur. Insoniyat aqli va qo‘li bilan samoda, yerda joylashtirgan ommaviy qirg‘in qurollari xavotiri, yon atrofimizda sodir etilayotgan terroristik harakatlar, qudratli davlatlarning mustaqil davlatlarning ichki ishlariga aralashishi, nufuzli xalqaro tashkilotlar qo‘li bilan siyosiy, iqtisodiy bosim o‘tkazilishi, o‘z manfaati yo‘lida boshqalarning milliy manfaatlarini toptashga intilish, zo‘ravonlik, siyosiy bosim o‘tkazishlar odatiy tusga kirib, turli mafkuraviy tajovuzlar uyushtirilmoqda. Hozirgi kunda mafkura va demokratiya tushunchalari keng jarayon bo‘lib, faylasuflar va ziyolilar turli atamalarda keng talqin qilmoqdalar.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references