Skip to main content
Article

DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARINING QARORLARINI HAQIQIY EMAS DEB TOPISH – FUQAROLIK HUQUQLARINI HIMOYA QILISH USULI SIFATIDA

ABI

Abstract

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 12-moddasi ikkinchi qismida mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlari haqiqiy emas deb topilgan holatlarda huquqni ushbu kodeksning 11-moddasida ko‘rsatilgan usul bilan himoyalashni nazarda tutadi. Huquqlari buzilgan subyekt, jumladan, huquq buzilgunga qadar mavjud bo‘lgan holatni tiklanishini, Kodeksning 15-moddasi tartibida zarar qoplanishini talab qilishi, shuningdek, 11-moddasida ko‘rsatilgan boshqa usullardan ham foydalanishi mumkin. Sud tomonidan normativ bo‘lmagan yoki normativ hujjatning haqiqiy emas deb topilishi u qabul qilingan paytdan boshlab yuridik oqibatlarni keltirib chiqarmaganini bildiradi. Ushbu tezisda aynan davlat hokimiyati organlarining qarorlarini haqiqiy emas deb topish va uning oqibatlarini qo`llash fuqarolik huquqlarini himoya qilish usuli sifatida tahlil qilindi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references