Skip to main content
Article

Gulxaniyning "Zarbulmasal"asarida qoliplash usulining badiyatga ta`siri masalasi

ABI

Abstract

Annotatsiya: Qoliplash usulida yaratilgan asarlardagi kabi qoliplovchi hikoyalar garchi mazmunan boshqa-boshqa hikoya bo‘lsa ham bir syujet chizig‘i ustida birlashadi. Asarda keltirilgan har bir qoliplovchi hikoyanning asosiy syujetga ta’siri kattadir. Yozuvchi shu hikoyalarni keltirish orqali asar qahramonlarining murosaga kelishiga zamin yaratadi. Qahramonlarning hikoyalar ta’sirida fikri o‘zgaradi. Gulxaniyning “Zarbulmasal“ asari nasriy hikoyachilik asosiga qurilgan badiiy asar bo‘lib, unda moddiy hayot voqealari, har xil ijtimoiy tabaqaga mansub insonlar fe’l-atvori va ularnining munosabatlari majoziy tarzda –qushlar obrazlariga ko‘chirib hikoya qilinadi. Asardagi qushlar obrazlari o‘zaro mahalliy muhitdan rang olib, milliy til va an’analar bo‘yicha suhbatlashadilar, o‘zbekcha maqol – matal, hikmat, hikoyatlar keltirilib, masallar vositasida fikr almashadilar badiiy ifodaning bu usuli masalchilik tarixida ko‘rilmagan holat hisoblanadi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references