HUQUQNI MUHOFAZA QILUVCHI ORGANLAR TUSHUNCHASI VA TIZIMI: O'ZBEKISTON VA XORIJ TAJRIBASI
Abstract
Bugungi kunda yurtimizda “huquqni muhofaza qiluvchi faoliyat”,
“huquqni muhofaza qiluvchi organlar” tushunchasi va mazkur organlar tizimi
bo‘yicha kam sonli doktrinal qarashlar mavjud. Xalqaro tajribada ham “huquqni
muhofaza qiluvchi organlar” tushunchasi va tizimi bahs-munozarali muhokamalardan
biri hisoblanadi. Umuman olganda, hozirgi zamon yurisprudensiyasida doktrinal yoki
qonunchilik jihatidan “huquqni muhofaza qiluvchi organlar” tushunchasi va tizimiga
umumqabul qilingan yagona ta’rif mavjud emas.
Ushbu maqolada mana shu tendensiyadan kelib chiqqan holda “huquqni
muhofaza qiluvchi organlar” tushunchasi va tizimini ochib berishga harakat qiladi.
Shuningdek, maqolada bu boradagi milliy va xorijiy olimlarning ilmiy-nazariy
qarashlaridan, jahonning ilg‘or rivojlangan davlatlari hamda MDHga a’zo
mamlakatlar tajribasidan misollar keltiradi.
Tahlil yakunlariga ko‘ra qilingan xulosalarga muvofiq amaldagi qonunchilikni
takomillashtirish hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimini isloh qilish
bo‘yicha takliflar berilgan.
Not yet translated