Skip to main content
Article

GLOBALLASHUV VA LIBERALLASHUV - XALQARO SAVDONING ZAMONAVIY RIVOJLANISH TENDENSIYASI

ABI

Abstract

XXI asr bo‘sag‘asidagi jahon xo‘jaligi - o‘z miqyosi va rivojianishi xususiyatiga ko‘ra globaldir. U to‘liq ravishda bozor iqtisodiyotining tamoyillariga, xalqaro mehnat taqsimotining obyektiv qonuniyatlariga, ishlab chiqarishning baynalminallashuviga asoslanadi. Globallashuv ikkinchi jahon urushidan keyingi o‘n-yilliklarda jahon xo'jaligi rivojining yetakchi tendensiyalaridan biriga aylanib, ko‘plab davlatlarning birin-ketin yopiq milliy xo‘jalikdan tashqi bozorga yuz tutgan iqtisodiy ochiq tipdagi xo‘jalikka o‘ta boshlaganligi bilan tavsiflanadi. Ikkinchi jahon urushidan g‘olib va yanada boyib chiqqan AQSh dunyoning eng ilg‘or savdo mamlakati sifatida «Erkin savdo», «Ochiq iqtisodiyot» shiori ostida yangi iqtisodiy tartib o‘rnatish taraddudiga tushdi. Bunday tamoyil hukmron iqtisodiyotning boshqa davlatlarga qarshi quroli Amerika korporatsiyalarining tutib bo‘lmas ekspansiyaga intilishlari edi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references