Oʻzbekistonda investitsion loyihalarni moliyalashtirishni takomillashtirish yoʻllari
Abstract
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida milliy iqtisodiyotning modernizatsiyalashuvi va jahon xo'jaligiga integratsiyalashuvi ko'p jihatdan to'g'ri va asoslangan investitsiya siyosatiga bog'liqdir. Mamlakatimizda investitsion faoliyatni iqtisodiy muhit shartsharoitlariga muvofiq rivojlantirish, ularni jamiyat iqtisodiy hayotining barcha jabhalaridagi faolligini ta'minlash, milliy ishlab chiqarish jarayonining modernizatsiyalashuvi hamda barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlashning muhim omillaridan biri bo'lib kelmoqda. Shuning uchun ham hukumatimiz tomonidan har yili amalga oshirilib kelinayotgan islohotlarning kun tartibidagi asosiy masalalaridan biri bo'lib, investitsiyalarni mamlakat milliy iqtisodiyotiga jalb qilish masalasi turibdi. Biz ushbu maqolamiz orqali Ozbekisstonda investitsion loyihalarni moliyalashtirishni takomillashtirish yoʻllari hhaqida fikr yuritamiz.
Not yet translated