MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARI NORMATIV HUQUQIY HUJJATLARINI EKSPERTIZADAN O'TKAZISH MASALALARI
Abstract
Bugungi kunda qonunchilik hujjatlarini mukammal, bugungi kun talablari darajasida qabul qilish murakkab va koʼp bosqichli jarayondir. Shu bois ushbu vazifani samarali hal etish uchun albatta ekspertlik tekshiruvlari imkoniyatiga tayanishimiz zarur. Shu bilan birga huquqiy meʼyorlarni ilmiy asoslantirilgan holda yaratish qonunshunoslar, olimlar, qonun ijrosini amalga oshiruvchi va huquqni qoʼllovchi organlar, shuningdek, barcha fuqarolar uchun ham zarurdir. Loyihalar va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish normativ huquqiy hujjatlar loyihalarini ularning maqsadga muvofiqligi, asosliligi va qonuniyligi mezonlariga muvofiqligi nuqtai nazaridan tahlil qilish va baholashning belgilangan tartibda vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladigan tashkiliy-huquqiy instituti sifatida tavsiflanadi.Ushbu maqolada mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan chiqariladigan normativ huquqiy hujjatlari loyihalarining huquqiy ekspertizadan o‘tkazish jarayoni va bosqichlari yoritib berilgan.Ushbu maqolada ilgari surilgan takliflarni mahalliy davlat hokimiyati organlari hujjatlarini takomillashtirish jarayonida foydalanish mumkin.
Not yet translated