YURTIMIZDA MAVJUD MUHOFAZA QILINADIGAN TABIIY HUDUDLAR, ULARNING AHAMIYATI VA BUGUNGI KUNDAGI AHVOLI.
Abstract
Bioxilma-xillik mukammal bir tizim bo‘lib, ekologik barqarorlikni ta’minlashning muhim omili hisoblanadi. BMT tomonidan 1992 yilda «Biologik xilma-xillik to‘g‘risida»gi Konvensiya qabul qilingan bo‘lib, Konvensiyaga asosan har yili dunyo hamjamiyati tomonidan 22 may –Xalqaro bioxilmaxillik kuni sifatida keng nishonlanib kelinadi. Biologik xilma-xillikni qayta tiklash va asrash, ekotizimlarni himoya qilish insoniyat kelajagi va taraqqiyoti uchun muhim va dolzarb masalalar hisoblanadi. Aytib o‘tishimiz joizki, respublikamiz hududida tabiiy ekotizimlar nihoyatda xilma-xil bo‘lib, ular cho‘l va yarimcho‘l, tog‘oldi va pastqam tog‘li joylar, tog‘, daryo va qirg‘oqbo‘yi hamda suvli-botqoq joylardan iboratdir. Inson yashar ekan faoliyati davomida hayvonlarga salbiy va ijobiy ta’sir qilishi mumkin. Salbiy ta’sir natijasida ba’zi turlarning yo‘qolib ketishiga, ba’zilarining kamyob bo‘lib qolishiga, ya’ni son jihatidan kamayishiga sabab bo‘lmoqda.
Not yet translated