CHAQALOQLARDA TUG'MA SITOMEGALOVIRUS INFEKSIYASI KECHISHI
Abstract
Homila ichi infeksiyalari perinatal o‘lim darajasining yetakchi o‘rinlaridan birini egallaydi. Sitomegalovirus infeksiyasi homila ichi infeksiyalari orasida birinchi o‘rinni egallab, turli xil tug‘ma nuqsonlar rivojlanishiga katta xissa qo‘shadi. Ko‘rib chiqilgan maʼlumotlar o‘rganilganda, homilaga va yangi tug‘ilgan chaqaloqlar organizmida asab tizimi va buyraklariga taʼsirining patogenetik mexanizmlari aniqlangan. SMVI onaning virus bilan zararlanishi yoki ona organizmida qayta faollanishi bilan bog‘liq. Agar ona homiladorligining erta davrida infeksiya aniqlansa? markaziy asab tizimi, yurak-qon tomir, siydik ajratish tizimi va boshqa organlarida ko‘pincha tug‘ma nuqsonlar paydo bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. Homiladorlikning kechki davrida infeksiyalanganda esa yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda turli organlar va tizimlarning infeksiyali zararlaninshlari aniqlanadi. O‘tkir SMVI bilan kasallangan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning 40-90% da uzoq muddatli nevrologik asoratlar, eshitishning buzilishi, buyrak kasalliklari va ko‘rish organlari bilan bog‘liq muammolar yuzaga keladi.
Not yet translated