Skip to main content
Article

IoV ARXITEKTURASINING AQLLI TRANSPORT TIZIMLARIDA QOʻLLANILISHI

ABI

Abstract

Hozirgi davr texnologiyaning jadal rivojlanishi va kun sayin turli kashfiyotlar qilinayotgani bilan ajralib turadi. Hususan, avtotransportlar harakatini tartibga solish va yo’l harakatini zamonaviy texnologiyalar yordamida yanada rivojlantirish orqali jamoat harakatini bir muncha sezilarli darajada qulay va havfsiz qilish mumkin. Rivojlanish va yangilanishni amalga oshirishdagi eng muhim sohalardan biri avtotrasnport vositalarining harakatidir, bunda yo’ldagi harakatni tartibga soluvchi o’rnatilgan svetoforlar muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki u yo'l harakati tizimining o’zagini tashkil qiladi. Aqlli shaharlar rivojlanishi bilan avtotransportlarni internet bilan harakatini tashkil etishga (Internet of Vehicles (IoV) talab kuchaymoqda. Afsuski, transport oqimini rivojlantirish va yaxshilashga qaratilgan tinimsiz sa’y-harakatlardan qat’i nazar, hozirgi vaqtda yo’l harakati an’anaviy turdagi svetoforlar (uch rangli) tomonidan boshqariladi. Bu an’anaviy svetoforlarda ko’plab muammolar mavjud, shu jumladan yo’l chorrahalarida vaqtni samarasiz boshqarish va shoshilinch transport vositalariga ustunlik berish imkoniyatiga ega emas. Vehicular Adhoc Networks (VANET) va Internet of Vehicles (IoV) kabi yangi texnologiyalar avtomobillarga yaqin atrofdagilar va maxsus infratuzilma bilan simsiz aloqa qilish imkonini beradi. Ushbu maqolada mavjud VANET va IoV asosida kelajakdagi transport tizimlari va aqlli shaharlar uchun mos keladigan yangi arxitektura asosida transport boshqaruv tizimi ko’rib chiqilgan va tahlili olib borilgan.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references