DINIY TA'LIMOTLARNING VA DINIY MATNLARNI ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR ORQALI TAHLIL QILISHIDA TARJIMANING OʻZIGA XOS JIHATLARI VA QOʻYILADIGAN TALABLARI
Abstract
Barchamizga ma’lumki keyingi yillarda dunyo tilshunosligida tilni undan foydalanuvchi shaxsning nutqiy faoliyati, ruhiyati, ijtimoiy holati, yoshi, jinsi kabilar bilan bog`liq holda o`rganishga, tilning inson nutqiy faoliyati jarayonida kuzatiluvchi funksional imkoniyatlari tadqiqiga jiddiy e`tibor qaratilmoqda. Jahon tilshunosligining bugungi taraqqiyot bosqichida tilni undan foydalanuvchi insonga xos individual xususiyatlar, nutqiy faoliyat amalga oshirilayotgan vaziyat, makon, zamon, sotsiolingvistik muhit kabilar; xalq madaniyati va mentaliteti kabi tashqi omillar bilan aloqadorlikda tadqiq etish markaziy masalalardan biriga aylandi. Buning natijasida o`tgan asrning oxirida tilni shaxs omili bilan bog`liq holda o`rganish metodologiyasiga asoslangan va o`ziga xos tahlil usullariga ega antroposentrik tilshunoslikning turli yo`nalishlari ajralib chiqdi.
Not yet translated