MORFEMALI KONTRAKTSIYANING 缩合 "suō hé" TURI HAQIDA
Abstract
Ma’lumki, yangi so‘zlar strukturasining murakkablashishi tufayli xitoy tilida ko‘p sonli qisqartirishlar yuzaga kelgan. Ko‘p bo‘g‘inli so‘zlar murakkab tushuncha va hodisalarni to‘laroq ifodalashiga qaramay, muloqot jarayonida muayyan qiyinchiliklarni yuzaga keltirishi ma’lum. Murakkab so‘zlarni qisqartirish orqali bu kabi muammoni bartaraf etish va so‘zlovchi nutqini ixchamlashtirishga erishish mumkin. Xitoy tilida murakkab qisqartirilgan so‘zlar 缩略语 “suō lüè yǔ”,简称 “jiǎn chēng”,略语 “lüè yǔ”,并称 “bìng chēng”,略称 “lüè chēng”,省称 “shěng chēng”,合称 “hé chēng”,缩语“suō yǔ” kabi terminlar bilan ifodalanadi. Bularning ortida morfemali kontraksiyaning bir qancha turlari ifodalanadi. Xitoy tilida so‘z yasalish jarayoni izchil davom etmoqda. Til leksikasi mavjud so‘zlarga turli affikslar qo‘shish, boshqa tillardan o‘zlashmalar, yangi terminlarning paydo bo‘lishi va to‘liq nomlar shaklini qisqartirish orqali doimiy ravishda boyib borishi kuzatiladi. Aynan kontraksiya orqali yasalgan so‘zlar muloqotning qulay va tejamkor vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Kontraksiya ma’no va mazmunga ta’sir ko‘rsatmaydigan elementlardan halos bo‘lishda muhim rol o‘ynaydi.
Not yet translated