SURXONDARYO HUDUDINING TARIXIY GEOGRAFIK SHAKLLANISHI..
Abstract
Surxondaryo vohasi tabiy geografik jihatdan Janubdan Amudaryo bo’ylab Afg‘oniston, shimol, shimol-sharq va sharqdan Tojikiston, janub-g‘arbdan Turkmaniston, shimol-g‘arbdan Qashqadaryo viloyati bilan chеgaradosh. Voha rеlеfi tog‘ va tеkisliklardan iborat, shimoldan janubga qiyalanib va kеngayib boradi. Tog‘lar dan oqib tushadigan ko‘pdan-ko‘p daryo va soylar dara hosil qilgan. Shu jihati bilan Surxondaryo viloyati qadim-qadimdan inson svilizatsiyasining ulkan boshlanish nuqtalaridan biri bo‘lgan hudud hisoblanadi. Maqolada Surxondaryo viloyatining tarixiy geografik shakllanishi va hozirgi kunga qadar, voha hududida bo’lgan o‘zgarishlar muhokama qilinadi