ENG QADIMIY YOZMA OBIDA HAQIDA
Abstract
ANNOTATSIYA \n\nUshbu maqolada xalqimiz tarixi va madaniyatida muhim oʻrin egallaydigan bitigtoshlar, jumladan, oʻzbek, umuman, turkiy xalqlarining bizgacha yetib kelgan eng birinchi yozma obidasi boʻlgan Choyr bitigtoshi, uning topilish tarixi va ahamiyati, yozilish sanasi va tadqiq etilishi, shakli va matnining mazmuni, unda ishlatilgan belgi va harflar, ularning ma’no va anglamlari, shuningdek, yozuv va yozuv madaniyatining shakllanishi, uning tarixiy ahamiyati, qardosh xalqlar tarixida yozuvning paydo boʻlishi haqida fikr yuritiladi. Kuchli markazlashgan davlatning paydo boʻlishida madaniy hayot oʻz aksini topadi. Ikkinchi turk hoqonligi davrida turkiy xalqlar oʻz yozuv madaniyatiga ega boʻldi. Zero, ona tilimiz nihoyat boy tarix va takrorlanmas an’analarga ega. Til tarixini, tadrijiy bosqichlarini oʻrganishda shu vaqtgacha tosh, sapol, teri, shisha kabi buyumlarga hamda qogʻoz yozilgan bitiglar orqali yetib kelgan ma’lumot vositalariga tayanamiz. Xalqimizning kechmishi suronli boʻlsa-da, juda qimmatli bitiglar va qoʻlyozmalar saqlanib qolgan. Shunday yodgorliklarda biri bitigtoshlar hisoblanadi. Barcha turkiy xalqlar uchun mushtarak moddiy-madaniy meros hisoblanadigan bu bitigtoshlar millatimiz tarixida muhim ahamiyatga ega.\n\nKalit soʻzlar: qadimiy yozuvlar, yuzuvning ahamiyati, bitigtoshlar, Choyr bitigi, bobo tosh, turk run yozuvi, belgi, harf, tamgʻa, turkolog, Eltarish xoqon, Ton Bilga, Ton Yegan Erkin.
Not yet translated