BADIIY NUTQ LINGVOPOETIKASIDA SO'Z TARTIBINING O'RNI
Abstract
ANNOTATSIYA\n\nUshbu maqolada badiiy nutqda, xususan, she’riy va nasriy nutqda so‘z tartibining vazifasi, imkoniyatlari tahlilga tortilgan. Bundan tashqari, intonatsiya ham sintaktik munosabatlarni ifodalaydigan asosiy vositalardan biri ekanligi, intonasiyani tashkil etuvchi komponentlarga mantiqiy urg‘u, ritm va ohang kirish, biroq so‘z tartibi ham she’riy nutqni hosil qiluvchi asosiy vositaga aylanishi tadqiqot jarayonida kuzatildi. Biz tadqiqotlarimiz davomida nasrda so‘z tartibining kommunikativ, nazmda esa ritm yasovchi funksiyasi birlamchi ekanligiga ishonch hosil qildik. Nasriy va she’riy nutqning ritmik birliklari ham bir xil emas. Agar nasrda sintagma ritmik birlik vazifasini bajarsa, she’riyatda shunday vazifani misra tashkil etadi.\n\nKalit so‘zlar: badiiy nutq, so‘z tartibi, intonatsiya, mantiqiy urg‘u, ritm, ohang, nutqiy gap, sintaktik tahlil.
Not yet translated