MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARDA LOR A'ZOLAR KASALLIKLARI KO'RSATKICHLARI TAHLILI
Abstract
O‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, surunkali tonzillit shahar hamda qishloqda yashovchi maktab o‘quvchilari orasida juda ko‘p uchraydi. Shaharda yashovchi maktab o'quvchilari orasida eshitish qobiliyatining pasayishi patologiyasi ikkinchi o'rinda, qishloqda istiqomat qiluvchi maktab bolalari orasida esa uchinchi o'rinda turishi aniqlandi. Bunga, shahar aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasi yuqoriligi sabab bo‘lish ehtimolligi borligidir. Shahar sharoitida maktab o'quvchilari orasida surunkali otit uchinchi, qishloq joylarida esa ikkinchi o'rinda turadi. Bu esa qishloq joylarda maktab o‘quvchilarining gigiyenik sharoitlariga to‘liq rioya etilmagani bilan bog‘liqligi bilan tushuntirish mumkin. Yashash sharoitiga ko’ra, surunkali laringit va faringit bilan kasallanish darajasida farqlar aniqlanmadi.
Not yet translated