Skip to main content
Article

ARALASH TA’LIM MODELLARI VA IMKONIYATLARI

Shahista Shavkatovna AllamovaChirchik State Pedagogical University
ABI

Abstract

Ushbu maqolada zamonaviy oliy ta’lim tizimida eng samarali innovatsion usullar va texnologiyalarni tanlash, oliy ta’lim tizimida elektron ta’limning ahamiyati, aralash ta’lim tushunchasi va uning modellari xususida adabiyotlarda berilgan bir qator mahalliy va xorijiy olimlarning ta’riflari, fikr-mulohazalari, qarashlari va yondashuvlari, aralash ta’limning mamlakatimiz va jahondagi vaziyat fonida zamonaviy davrda aralash ta’limni joriy etishning afzalliklari, aralash ta’limning eng ko‘p qo‘llaniladigan modellari tasnifi va bu modellarni o‘quv jarayoniga qo‘llashning afzalliklari, kamchiliklari, qo‘llanilish usullari keltirib o‘tilgan. 2020-yilda karantin bo‘lganligi sababli aralash ta’lim modellaridan foydalanishga ehtiyoj yuqori darajaga ko‘tarildi. Barcha o‘qituvchilar darslarni o‘tkazish uchun raqamli xizmatlardan foydalana boshladilar. Tadqiqot nazariy jihatdan amalga oshirilgan bo‘lib, unda aralash ta’limning teskari sinf, ish joylarini almashtirish, laboratoriya almashinuvi va moslashuvchan modellarini ta’lim jarayoniga tadbiq etish, shuningdek, bu modellarning afzalliklari va kamchiliklari keltirilgan. Aralashtirilgan ta’lim bugungi kunda o‘qitish amaliyotida qo‘llaniladigan texnologiyalarning kamchiliklarini bartaraf etishga yordam berish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, shaxsiy aloqalar, yangi bilimlarni tezroq o‘zlashtirishga imkon beradi va elektron ta’lim uchun axborot ta’lim muhitida ta’limning individualligi, moslashuvchanligi va interaktivligini shakllantiradi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 02 references