SULH: ISLOM ARBITRAJINING MUHIM QISMI
Abstract
Arbitraj va sulh ya’ni do‘stona kelishuv arab va islom jamiyatlarida uzoq tarixga ega va ularning ildizlari Islomdan oldingi Arabistonga borib taqaladi. Sulh istalgan shakldagi nizolarni hal qilishda eng afzal jarayondir. Bundan tashqari, islom huquqshunosligida nizolarni hal qilish uchun arbitraj afzal ko‘riladi. Qabilaviy va islom madaniyatlarida mojarolarni hal qilishning asosiy maqsadi jamoaviylikdir. Ushbu maqolada sulh islom arbitrajining muhim qismi sifatida o‘rganiladi va uning nizolarni hal qilishagi ta’siri ko‘rib chiqiladi. Maqolada Sharq va G‘arb o‘rtasidagi tafovutlar ko‘rib chiqiladi va Sharq tomoni ichki mushtaraklik va mojaroga jamoaviy munosabatda bo‘lganligi, G‘arb tomoni esa individual fikrlashga yo‘naltirilganligi, bu esa ikki tomon o‘rtasida farqni keltirib chiqarayotganini ko‘rsatadi. Ularning orasidagi farqlar konfliktni idrok etish, tartibni shakllantirish, ishga aralashuvchi uchinchi shaxsning maqomi va funksiyasi bilan bog‘liq. Xalqaro tijorat arbitraji, agar u samarali qo‘llanilsa, ushbu ikki qoidaga rioya qilish uchun yaxshi pozitsiyaga ega.
Not yet translated