“BOBURNOMA”DA BOBUR ADABIY MUHITI TASHAKKULI TASVIRI
Abstract
Zahiriddin Muhammad Bobur Hindistonni egallagach, iqtisodiy, ijtimoiysiyosiy, madaniy sohalarda katta islohatlar, o‘zgarishlar olib bordi. Buning natijasida Bobur saroyida o‘ziga xos adabiy muhit shakllandi va Hindistonda turkiy tildagi adabiyotning tamal toshi qo‘yildi. Bu jarayonning qisqa muddatda, yaʼni to‘rt yilga yaqin vaqt ichida sodir bo‘lishining asosiy sababi Boburning ijodkorligi, adabiyot, madaniyat homiysi ekanligidir. U doimo o‘z atrofiga ijod ahli, sanʼat vakillarini birlashtirgan, ularni qo‘llab-quvvatlagan, ona yurti Movarounnahr bilan muntazam adabiy aloqalar olib borishga harakat qildi. Bobur tomonidan tashakkul topgan adabiy muhit, anʼanalar boburiyzoda hukmdorlar tomonidan davom ettirildi, rivojlandi. Maqolada mana shu masala “Boburnoma” asosida yoritildi
Not yet translated