Skip to main content
Other

ALISHER NAVOIY IJODIDA INSON UMRINING MOHIYATI BILAN BOG'LIQ QARASHLAR

Hamroyeva Zuhra UsmonqulovnaO'zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, G'ijduvon tumani 27- maktab o'qituvchisi
ABI

Abstract

Ushbu maqola Alisher Navoiy ijodida inson umrining mohiyati bilan bog‘liq qarashlar talqiniga bag’ishlangan. Alisher Navoiy asarlarida umr mohiyati va uni qanday o’tkazish kerakligi haqida juda ko’p fikr va mushohadalar berilgan. Navoiy g azallarida umrning oltin kunlarini behudaga sovurmaslik, mol-dunyo to’plamaslik, baxtli-saodatli yashash, ezgu ishlar qilib, ilm-ma’rifat o’rganish haqidagi fikrlar juda ko’p. Navoiy ijodini ulug’ bir ma’rifat maktabi desak xato qilmaymiz. Hatto u go’zal g’azallar to’plami bo’lmish “Hazoyin ul-ma’oniy” devonini inson umrini yil fasllariga qiyoslab, insonning yoshiga qarab tarkib berib, to’rt qismga bo’ladi. “Xamsa” asarining ilk dostoni “Hayrat ul-abror” da bevosita “Umr haqida” deb nomlangan bob mavjud. Navoiy bu bobda o’zining umr haqidagi fikrlarini bayon etadi. Navoiy insonlarni ilmu hunar o’rganishga chorlab, ilmu hikmatni inson hayotini bezovchi bebaho gavhardir deb, ilm o’rganib unga amal qilmagan kishini urug’ sochib hosil ola bilmagan dehqonga qiyoslaydi. Navoiy asarlari ibrat va hikmat manbai bo’lib ko’p asrdan beri xalqimizga xizmat qilib kelmoqda.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references